Kutubxona Tarixi
Jizzax viloyati Zafarobod tuman Axborot-kutubxona markazi
toʻgʻrisida umumiy ma’lumot
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasi Sh.Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi
PQ 4354-sonli va Jizzax viloyati hokimining 2019 yil 11 iyundagi 226-sonli qarorlari hamda Zafarobod tuman hokimining 2019 yil 25 iyuldagi №109-F sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
2019-yil iyun oyida Zafarobod tuman Maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-xunar kollejidan 4 ta xona ajratildi hamda 2019 yilda tumandagi faoliyati tugatalgan 2 ta (Qishloq xo‘jalik hamda Agrosanoat) kasb-xunar kollejlari balansidagi kitoblarning bir qismi va faoliyati tugatilgan XTB ga qarashli tuman axborot resurs markazi balansidagi jami 4353 nom 11722 nusxadagi kitoblar bilan o‘z faoliyatini boshladi.
Zafarobod tuman Axborot – kutubxona markazini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida tumandagi xalq ta’limi tizimidagi 20 ta maktab, markazdagi mahalla fuqarolar yigʻinlari, tuman hokimligi, moliya, prokuratura, ichki ishlar boʻlimi, maktabgacha ta’lim muassasalari, yoshlar ishlari agentligi, va axoli oʻrtasida tashkil qilingan barcha jamoat va koʻngilochar tadbirlarda targʻibot ishlari olib borildi. Tumandagi barcha e’tibor tortadigan aholi gavjum markazlarga reklama e’lonlarni tarqatildi.
Yangi tashkil qilingan axborot-kutubxona markaziga barcha xodimlar 3 oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilinadi. Barcha kadrlar axborot-kutubxona sohasida oʻqigan, kutubxonada muqaddam ishlagan, kompyuter savodxonligi bilimlariga ega boʻlganlar tanlab olinadi. Kutubxonada ish faoliyatini boshlagan xodimlarga Milliy kutubxonada malaka oshirish imkoniyati yoʻlga qoʻyilgan. Ish jarayonida barcha xodimlar viloyat axborot-kutubxona markazi mutahassislaridan uslubiy yordam olishadi.
Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida fonddagi barcha kitoblar koʻrgazma shaklida foydalanishga qulay shaklda joylashtirilgan, kitobxon kitoblarni oʻqib undan foydalanish uchun oʻquv zali mavjud. Yana bir qulayliklardan biri kutubxonada bepul online kitob oʻqish imkoniyati yoʻlga qoʻyilgan.
Zafarobod tumani axborot-kutubxona markazi 2022 yilda Ochiq byudjet tanlovidan 300 mln so’m miqdorida pul mablag’ini qo’lga kiritib o’z moddiy texnik bazasi mustahkamlanib, 13 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi, kitob javonlari va 506 nom 2460 nusxadagi adabiyotlar xarid qilindi.
2024-yil yakunlari holatiga Zafarobod tumani axborot-kutubxona markazi kitob fondi 5974 nom 18298 nusxani tashkil etadi.
2025-yil xolatiga Bibliografiya xizmati, Fondlarni to’ldirish saqlash va ishlov berish xizmati, Abonomentlarga va Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmatlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.