Zerikib ham turing
Zerikib ham turing
Oxirgi yillarda odamlar deyarli zerikishdan qochishni boshlashdi
- Televizorlarga
- Telefondagi o‘yinlarga
- Ijtimoiy tarmoqlarga
Lekin o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, zerikish insonlardagi kreativlikni oshiradi. Ya'ni, ular bo‘sh qolgan paytlarida miya yangi g‘oyalarni o‘ylab topishni boshlaydi.
O‘zini doim telefon va televizor bilan band qiladigan insonlarda esa zerikish darajasi yuqorilashib ketadi. Bu esa bora-bora ularni maqsadlariga va kelajagiga nisbatan e’tiborsiz qilib qo‘yadi. Hayotlaridagi maʼnoni yo‘qotib qo‘yishadi
Shuning uchun bo‘sh vaqt bo‘ldi deganda telefonni qo‘lga olmay, ba’zan zerikib ham turing.