• zafarobod_akm@natlib.uz
  • +998-55-151-30-13; +998-99-825-37-11
  • Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Bog’lanish
  • @zafarobodakm_bot
  • zafarobod_akm@natlib.uz
  • +998-55-151-30-13; +998-99-825-37-11
Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Ish reja va hisobotlar
    • Me'yoriy hujjatlar
  • Kutubxona faoliyati
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Bog'lanish
    • Uslubiy qo'llanmalar
  • Bo'limlar
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Yangiliklar
    • Virtual ko'rgazmalar
  • Elektron kutubxona

Zafarobod tumani Uzun mahallasida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabida 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar haftaligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


Zafarobod tumani Uzun mahallasida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabida 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar haftaligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Normurodova Gulnora Ikramovna, tuman hokimligi oila va xotin qizlar bo'limi boshlig'i Shohida Mavlonova hamda ta’lim muassasasi rahbariyati, o‘qituvchilar, o‘quvchi yoshlar hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularning ilm-fan, ta’lim va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida erta tug‘ruq, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish, sog‘lom oila muhitini shakllantirish, yoshlarni ongli ravishda oila qurishga tayyorlash borasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Normurodova Gulnora Ikramovna o‘z so‘zida yosh qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, mustaqil fikrlaydigan, jamiyatda o‘z o‘rniga ega shaxs bo‘lib yetishishi bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasidagi muhim masala ekani qayd etildi.

Tadbir qizg‘in muloqotlar, savol-javoblar va fikr almashishlar bilan davom etdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlar ongida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, mustahkam oila poydevorini yaratish hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi
+998-55-151-30-13; +998-99-825-37-11 zafarobod_akm@natlib.uz

O'zbekiston,Jizzax,130700,Mustaqillik

Biz soat 09:00 dan 17:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
  • Ish reja va hisobotlar
  • Me'yoriy hujjatlar
Kutubxona faoliyati
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Fuqarolar murojaati
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Bog'lanish
  • Uslubiy qo'llanmalar
Bo'limlar
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
Yangiliklar
  • E'lonlar
  • Yangiliklar
  • Virtual ko'rgazmalar
Elektron kutubxona
© Copyright 2025 — Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan