Yoshlar va rahbar uchrashuvi
#Zafarobod_tuman_AKM
#Yoshlar_va_rahbar_uchrashuvi
Yoshlar va rahbar uchrashuvi
Joriy yilning 19-mart sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazida xodimlar o'rtasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tajribali rahbarlarning maslahat va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda yosh mutaxassislar rahbar va xodimlar o'rtasida mehnat faoliyatida yuzaga keladigan muammolar va ish jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish bo'yicha o'z fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.