“Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi sport ruhi bilan davom etmoqda
“Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi sport ruhi bilan davom etmoqda
Forum dasturi doirasida tashkil etilgan Sport kuni ishtirokchilarga nafaqat maroqli hordiq chiqarish, balki jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va o‘zaro do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish imkonini berdi.
Sport musobaqalari shaxmat, shashka, stol tennisi, futbol va voleybol yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Har bir bellashuv qizg‘in bahslar, yuksak sport ruhi va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Yosh kutubxonachilar o‘zlarining nafaqat kasbiy salohiyati, balki jismoniy tayyorgarligi, jamoada ishlash madaniyati va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini ham namoyon etdilar.