“Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi o‘z ishini Bo‘stonliqda davom etti
“Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi o‘z ishini Bo‘stonliqda davom etti
Forum ishtirokchilari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohiga yetib kelib, seminar-treninglarda ishtirok etishni davom ettirdilar.
Oromgohda tashkil etilgan mashg‘ulotlar yosh kutubxonachilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tajriba almashish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Kunning birinchi yarmida Qoraqalpoq davlat universiteti Karyera markazi rahbari K. Abdikarimov tomonidan “Kitobxonlikni rivojlantirish: muammo va yechimlar”, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassisi X. Boysunova tomonidan esa “IFLA imkoniyatlari: xorijiy grantlar va ishtirok etish shartlari” mavzularida seminar-treninglar o‘tkazildi.
Forum doirasidagi mashg‘ulotlar davom etadi