“Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi
#Yosh_kitobxon_tanlovi
#Zafarobod_tuman_AKM
“Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi
Zafarobod tuman axborot kutubxona markazi hamda yoshlar ishlari agentligi hamkorlida 2026-yil 31- yanvar sanasida tuman XTBga qarashli 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, kitobga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichini o'tkazishdi. Tanlov nizom talablari asosida 10-14 yosh, 15-19 yosh va 20-30 yosh toifalari o'rtasida:
"Badiiy asarlar bilimdoni", "Tezkor savol-javoblar" shartlari asosida o`tkazildi.
Tanlov g`oliblari:
10-14 yosh toifasi
1.Muytanboyeva Chexroza(Uzun MFY)
15-19 yosh toifasi
1.Shoymurzayev Azizbek(Birlik MFY)
20-30 yosh toifasi
1.To'laganova Laylo(Nurafshon MFY)
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.