• zafarobod_akm@natlib.uz
  • +998-55-151-30-13; +998-99-825-37-11
  • Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Bog’lanish
  • @zafarobodakm_bot
  • zafarobod_akm@natlib.uz
  • +998-55-151-30-13; +998-99-825-37-11
Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Ish reja va hisobotlar
    • Me'yoriy hujjatlar
  • Kutubxona faoliyati
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Bog'lanish
    • Uslubiy qo'llanmalar
  • Bo'limlar
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Yangiliklar
    • Virtual ko'rgazmalar
    • Maqolalar
  • Elektron kutubxona

Yaponiyada oʻqituvchilar kuni yoʻq


   Yaponiyada oʻqituvchilar kuni yoʻq

- Bir kuni yaponiyalik hamkasbim, oʻqituvchi Yamamotadan soʻradim: – Yaponiyada oʻqituvchilar kuni qachon nishonlanadi?

- U mening savolimdan hayratlandi va javob berdi: – Bizda oʻqituvchilar kuni yoʻq.

- Uning gapiga ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay qoldim. Hayolimda bir savol aylanardi: "Iqtisod, ilm-fan va texnika rivojlangan mamlakatda nahotki oʻqituvchining mehnati qadrlanmasa?..."

- Ishdan soʻng Yamamota meni uyiga taklif qildi. Uning uyi maktabdan uzoqroq boʻlgani uchun metroda ketishga qaror qildik. Kechki vaqt, hamma ishdan qaytyapti, metroda odam juda koʻp. Men zoʻrgʻa tik turardim. Yonimdagi oʻrindiqda oʻtirgan keksaroq kishi menga oʻz oʻrnini boʻshatib berdi. Men esa bu xatti-harakatni tushunmadim va u kishiga xijolat qilayapsiz deya tushuntirdim. Ammo baribir oʻrindiqqa oʻtirishga majbur boʻldim. Metrodan chiqqach, Yamamotadan nega bunday boʻlganini soʻradim.

- U esa tabassum bilan koʻksimdagi oʻqituvchilik nishoniga ishora qilib: – U kishi sendagi oʻqituvchilik nishonini koʻrdi va sening darajang hurmati uchun oʻrnidan turib, joy berdi.

- Men Yamomotalarning uyiga birinchi bor tashrif buyurayotganim sababli, u yerga quruq borgim kelmadi. Biror sovgʻa olishga qaror qildim. Yamomotaga bu haqida aytgandim, u sal oldinroqda doʻkon borligini, u yerda oʻqituvchilar uchun chegirma narxlar qoʻyilganini aytdi.

- Men yana hayron qoldim va soʻradim: – Faqat oʻqituvchilar uchun chegirma bormi?

- Yamomota esa: – Yaponiyada oʻqituvchilik eng hurmatga sazovor kasb va oʻqituvchi eng eʼzozli inson hisoblanadi. Yaponiyalik sotuvchilar agarda doʻkonlariga oʻqituvchilar kirib qolsa, bundan juda xursand boʻlishadi va bu ular uchun sharaf ekanligini bildirishadi, – dedi.

   Yaponiyaga yana bir necha marotaba sayohatim davomida ularning oʻqituvchilarni juda hurmat qilishiga guvoh boʻldim. Ular uchun metroda joy beriladi, doʻkonlarda chegirma narxlar bor, hech qayerda navbatga turishmaydi. Shunday ekan, yaponiyaliklarga alohida bayram nega kerak? Axir, ularning har kuni bayramdek emasmi?

Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi
+998-55-151-30-13; +998-99-825-37-11 zafarobod_akm@natlib.uz

O'zbekiston,Jizzax,130700,Mustaqillik

Biz soat 09:00 dan 17:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
  • Ish reja va hisobotlar
  • Me'yoriy hujjatlar
Kutubxona faoliyati
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Fuqarolar murojaati
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Bog'lanish
  • Uslubiy qo'llanmalar
Bo'limlar
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
Yangiliklar
  • E'lonlar
  • Yangiliklar
  • Virtual ko'rgazmalar
  • Maqolalar
Elektron kutubxona
© Copyright 2025 — Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan