"Turkiy adabiyot durdonalari"
"Turkiy adabiyot durdonalari"
2019-yil 15-oktabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashkilotga a’zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalarini jamlagan "Turkiy adabiyot durdonalari" nomli 100 jildlik kitoblar to‘plamini har bir xalqning ona tilida nashr etish tashabbusini ilgari surgan edi.
Mazkur tashabbus asosida ushbu 100 jildlik to‘plam ilk bor O‘zbekistonda tayyorlanib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashr etildi.
To‘plamga XI–XXI asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar atoqli shoir, adib va mutafakkirlarning eng sara asarlari kiritilgan. Unda umumturkiy adabiyot bilan bir qatorda o‘zbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman va venger adabiyoti durdonalari ham o‘rin olgan.
To‘plamning jildlari bilan tanishtirishda davom etamiz…
Kitoblar turkumining 6–33-jildlari “O‘zbek adabiyoti namunalari”ni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, ularda Alisher Navoiy asarlaridan tortib zamonaviy o‘zbek she’riyati va nasrining eng sara namunalarigacha jamlangan:
· Mumtoz meros: Alisher Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlarning o‘lmas asarlari.
· Klassik va asriy adabiyot: O‘zbek mumtoz va xalq og‘zaki ijodi durdonalari.
· Zamonaviy adabiyot: Bugungi o‘zbek she’riyati va nasri namunalaridan iborat.