To‘g‘ri qaror – kelajakning boshlanishi
To‘g‘ri qaror – kelajakning boshlanishi
Inson hayotida muammolar hech qachon tugamaydi. Farqi shundaki, kimdir muammodan qochadi, kimdir esa uni hal qiladi. Bugun qabul qilgan qaroring ertangi kuningni belgilaydi. Shuning uchun har bir qadamni shoshmasdan, tafakkur bilan bosish kerak.
Muammo – to‘siq emas, balki o‘sish uchun signal. Uni hal qilish vaqt, sabr va to‘g‘ri qaror talab qiladi. Agar sen bugun o‘zingga tanqidiy qaray olsang, ertaga boshqalar seni hurmat qiladi.
O‘z hayotingni takrorlanmas deb bil. Rejasiz qadam – bekor ketgan kuch. O‘ylangan qaror esa seni maqsadingga yaqinlashtiradi