Ta’lim tizimi haqida bir o‘y...
Ta’lim tizimi haqida bir o‘y...
Tasavvur qiling: sinfda fil, maymun, pingvin, baliq, it va qush bir joyda o‘tiribdi. O‘qituvchi esa doskaga yozadi: “Hammaga bir xil test: iltimos, daraxtga chiqing.”
Adolat qayerda? Fil daraxtga chiqa olmaydi, baliq esa umuman suvdan tashqarida yashay olmaydi. Lekin bu ularning qobiliyatsiz yoki yaroqsiz ekanini anglatmaydi. Har bir jonivorning o‘ziga xos kuchi, iqtidor va imkoniyati bor.
Afsuski, bizning ta’lim tizimimizda ham ko‘pincha shunday holat kuzatiladi: barcha bolalardan bir xil natija kutamiz. Barchaga bir xil savollar, bir xil yondashuv, bir xil baholash mezonlari. Natijada esa kimdir o‘z iqtidorini ochib bera olmaydi, kimdir esa “uquvsiz” tamg‘asi bilan qoladi.
Aslida esa ta’lim – insonni o‘zi bo‘lishga, o‘z kuchli tomonlarini rivojlantirishga, iqtidorini kashf qilishga yordam berishi kerak.
Sizningcha, bugungi ta’lim tizimida qanday o‘zgarishlar qilinsa, bolalarning iqtidorini to‘liq ochib berish mumkin?