Siz uchun kitob nima?
Siz uchun kitob nima?
- Kitob o‘qish siz uchun madaniy hordiq, asablarni tinchlantiradigan va fikrlarni tartibga soladigan eng yaqin do‘stga aylanganmi?
- Yoki u hali ham boshni og‘ritadigan, uyqu keltiradigan va imkon qadar chetlab o‘tishga harakat qiladigan mashg‘ulotmi?
Aslida kitob o‘zgarmaydi. O‘zgaradigan narsa – unga bo‘lgan munosabatimiz. Bir vaqtlar majburiyatdek tuyulgan kitoblar, vaqt o‘tib eng sevimli suhbatdoshimizga aylanishi mumkin.