"Rahbar va yoshlar uchrashuvi"
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi"
Bugun, Payshanba 9-iyul sanasida – Yoshlar kuni munosabati bilan Zafarobod tumanidagi Yoshlar innovatsion markaziga Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov, Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov hamda tuman prokurori Husniddin Bektemirov tashrif buyurdi. Bundan tashqari Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Kitob- ilm manbai" shiori ostida davra suhbati va axborot-bibliografiya xizmati tomonidan yangi adabiyotlar sharhi ham berib o'tildi.Tadbirda 50 nafar ishtirokchi qatnashdi va 30 dona kitob ko'rgazma qilindi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.