"Quvnoqlar va zukkolar" shiori ostida qiziqarli o'yin
"Quvnoqlar va zukkolar" shiori ostida qiziqarli o'yin
Joriy yilning 25-sentabr sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorlikda kitobxon yoshlar o'rtasida "Quvnoqlar va zukkolar" shiori ostida qiziqarli o'yin tashkil qilindi. Qiziqarli o'yinlar orqali yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil, jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish do'stona muhit yaratish hamda ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsad qilindi. Tadbirda 20 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.