Qiyin yo‘lni tanlang
Qiyin yo‘lni tanlang
Inson miyasi oson ishdan ko‘ra (hammaga maʼlum bo‘lgan) qiyin ishlardan ko‘proq qoniqish his qiladi. Masalan, matematikada 10 ta oson misolni ishlashdan ko‘ra 1 ta qiyinini ishlash ko‘proq quvonch (ichki qoniqish) bag‘ishlaydi.
Uzun yo‘llarda raqobat kam bo‘ladi. Uzun yo‘llar sabrni, xarakterni tarbiyalaydi. Uzun yo‘llar kuchli yo‘lovchilarni yetishtiradi. Kuchli yo‘lovchilar istalgan manzilga yeta oladi.
Manzilni mo‘ljal qilib, kesib chiqib erishganlar oxirida o‘zlarini aldoqchidek his qiladilar. Uzun yo‘lni tanlab, kesmay borishni niyat qilganlar manzilga yetadilarmi yo‘qmi afsuslanmay o‘tadilar — Set Godin