QAYIQ
QAYIQ
Bir qayiqchining kichik qayig‘i bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi bo‘lib, ularning birida “niyat”, ikkinchisida esa “harakat” deb yozilgan ekan.
Qayiqqa chiqqan odamlar bu yozuvlar sababini so‘rasa, qayiqchi shunday javob berar ekan: “Agar men faqat “niyat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam, u holda qayiq bir joyda aylanib qolaveradi. Agar faqat “harakat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam ham, qayiq bir joyda aylanaveradi. Agar ikkalasini birgalikda aylantirsam, qayiq manzilga yetadi.
Inson ham faqat niyat qilsa-yu, harakat qilmasa, bir joyda aylangan qayiq kabi manzilga yetolmaydi. Maqsadga yetish uchun “niyat” va “harakat” birdek harakatlanishi lozim”.