📚Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
🔵1. Buxoriy va Termiziy hadislari
🔵2. “Alpomish” va boshqa dostonlar
🔵3. Alisher Navoiy, “Xazoyin ul-maoniy”
🔵4. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari
🔵5. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani va felyetonlari
🔵6. Abdulhamid Choʻlpon, “Kecha va kunduz” romani
🔵7. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik” asari
🔵8. Chexov pyesa va hikoyalari
🔵9. Gabriyel Markes, “Polkovnikka hech kim xat yozmaydi” romani
🔵10. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” asari
Usmon Azim 1950-yili Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugʻilgan. Shoirning sheʼrlari ingliz, fransuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va qirgʻiz tillarida nashr etilgan. Usmon Azim Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga (1982) sazovor boʻlgan. “Doʻstlik” ordeni (1998) sovrindori, Oʻzbekiston xalq shoiri (2000).
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.