Onalar uch xil bo‘lar ekan:
Onalar uch xil bo‘lar ekan:
Birinchisi: Bolasiga bir paypoq yoki qand olib berganida, “qani aytchi, bolam, buni senga kim olib berdi?” deb so‘rar, shu tariqa bolasini o‘ziga yo‘naltirar, o‘zini ko‘rsatar ekan;
Ikkinchisi: har sovg‘a olganida, “bolam, buni men olib berdim, lekin dadang sog‘ bo‘lsin, uning puliga oldim. U ishlab pul topmasa, ololmasdik” deb bolani otasiga bog‘lar ekan;
Uchinchisi: “buni men olgan bo‘lsam ham, pulini dadang ishlab topgan bo‘lsa ham, aslida Alloh bizni, seni shu bilan rizqlantirdi. Hammasi uning marhamatidir” deb, Allohni eslatar ekan. Minnatni, shukrni yolg‘iz Allohga qoldirar, iymon va taqvo uchun jiddiy bir poydevor qo‘yar ekan.
Birinchisi, onadir, ikkinchisi vafoli va aqlli onadir, uchinchisi esa, vafoli, aqlli va islomiy onadir. U ham ona, ham tarbiyachi, ham o‘qituvchidir.