Olim bo‘lish oson ekanu, Odam bo‘lish qiyin ekan.
Olim bo‘lish oson ekanu, Odam bo‘lish qiyin ekan.
Hayotda shunday asarlar bo‘ladiki, ularni o‘qib bo‘lgach, uzoq vaqt hayolan qahramonlar bilan tortishib, o‘zimizga savol bera boshlaymiz. O‘lmas Umarbekovning Odam bo‘lish qiyin romani aynan shunday kitob.
Asar qahramoni Abdulla – yomon yigit emas edi. U aqlli, o‘qimishli, istiqbolli edi. Lekin hayotning kichik bir sinovida – nafs va mansab ilinjida o‘z sevgisidan, Gulchehrasidan voz kechdi. Oson yo‘lni, boylikni tanladi. Xo‘sh, yakunda u baxtli bo‘ldimi? Yo‘q. U nafaqat sevgisini, balki eng asosiysi – Odamligini yo‘qotdi.
Bizga xulosa: Hayot har qadamda bizni sinaydi. Gohida birgina noto‘g‘ri qaror, shoshqaloqlik yoki xudbinlik butun bir umrni barbod qilishi mumkin. Bu kitob har birimizga ogohlantirishdir: Qanchalik balandga ko‘tarilmaylik, qanday qiyinchilikka uchramaylik, eng muhimi – ichimizdagi Odamni o‘ldirmaslik ekan.
Siz bu asarni o‘qiganmisiz? Abdullaning xatosini kechirish mumkinmi? Fikringizni izohlarda qoldiring...