Oilaviy mutolaa: kelajak poydevori
Oilaviy mutolaa: kelajak poydevori
Farzandlarga yoshligidan kitob o'qib berish ularning tasavvur dunyosini boyitib, ota-ona bilan bo'lgan ruhiy bog'liqlikni mustahkamlaydi. Kechki mutolaa odati bolada kitobga nisbatan mehr uyg'otib, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Keling, bugun shomda oilaviy davrada qiziqarli ertak yoki hikoya mutolaa qilib, farzandlarimiz uchun chinakam ma'naviy bayram tashkil etaylik. Birgalikda o'qilgan har bir sahifa ertangi kun ziyoli avlodi uchun zamin bo'ladi.
#Kutubxona #Kitob #Mutolaa #Kitobxonlik #Zafarobod_tuman_AKM
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.