"O'qi va ilhomlan" nomli davra suhbati
#Davra_suhbati
#Kitobsevar_millat
#Kitobxonlik_haftaligi
#Zafarobod_tuman_AKM
"O'qi va ilhomlan" nomli davra suhbati
2026-yil 13-17-aprel kunlari "Kitobsevar millat" shiori ostida o’tkaziladigan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari doirasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan 15-aprel sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan XTBga qarashli 12-umumta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida "O'qi va ilhomlan" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda 20 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.