Nomi: Molxona
#Tavsiya
Nomi: Molxona
Muallif: Jorj Oruell
Biz, odatda, ko'p ham siyosiy ruhdagi kitoblarni o'qiyvermaymiz, chunki, ularda ilmiylik ustun bo'ladi va bizni o'ziga asir qilolmaydi. Jorj Oruellning kitoblarini esa badiiy asarlardan-da jozibadorligi bois siyosiy mazmundagi kitob bo'lsa-da, aksar kitobxonlar sevib mutolaa qilishadi.
Asarning boshidagi "To'rt oyoq - a'lo, ikki oyoq - rasvo" shior oxirrog'iga borib "To'rt oyoq - yaxshi, ikki oyoq - yaxshiroq" ga o'zgarishi siyosatchilarning qanchalik ikkiyuzlamachi bo'lishiga oddiy misol, xolos.
Bu kitobda kalit jumlalar yetarlicha. Lekin, e'tiboringizni quyidagi jumlaga qaratishni istadim:
"Hamma hayvonlar tengdirlar. Biroq, ayrim hayvonlar boshqalaridan ko'ra ko'proq tengdirlar"
Qonun oldida hamma teng, faqat ayrimlar emas. Bu har qaysi shaxs qonundan ustun bo'lgan davlatlarda mavjud bo'lgan tamoyil.
Ushbu kitobni o'qib, mulohaza qilib, fermadagi qaysi hayvonga ko'proq mengzashingiz haqida o'ylab ko'ring. "Molxona" dagi holat hali ko'p davlatlarda davom etyapti.
Xulosa chiqarishga urinib ko'ring, aminmizki, Siz "Jons qaytib kelishini istamasang kerak" deganda, ferma hayvonlari kabi bosh silkib, ishga kirishib ketmaysiz, qichqiriqlarning baland ovoziga aldanmaysiz, o'zgartirib qo'yilgan qoidalarni farqiga borasiz.