Najot izlab yoxud ta’limdagi holat...
Najot izlab yoxud ta’limdagi holat...
Darsdamiz... O‘qituvchi savol berib qoldi: -“Yaxshi kitoblarni yo‘q qilish yaxshi odamlarni o‘ldirish bilan barobardir”, – degan fikr muallifini bilasizmi? Auditoriya suv quyganday jimjit. Partaning tagiga telefonimizni qo‘yib yozamiz: “Yaxshi kitoblarni yo‘q qilish...” Shu yog‘iyam yetadi. Tugmachani bosamiz: “Search Google”.
Afsus... Ma’lumot chiqmadi. Sal boshqacharoq yozib ko‘rdik. Yo‘q. Fikrning elektron “Shpargalka” shaklini sehrli qutichamizga joylashmagan, shekilli. Ey, esiz, Google, senam pand berasanmi-a?
- O‘qituvchining keskin ovozi yangradi: “Xo‘sh, kimda javob bor?”
- Google jim, biz jim. Ustoz yonimizga shu fanga doir o‘zi qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatidagi kitoblardan birini qo‘ydi. So‘ng hammaga achinganday bir-bir nazar tashlab chiqdi.
- “He, sho‘ring qurg‘urlar. Qachon savol bersak, javobni internetdan emas, miyadan izlashni o‘rganasizlar? – dedi tovushi ozgina yumshab, – Fikr muallifi Milton. U haqida kimdir nimadir biladimi?
- Yana Googlega yozamiz: “Milton...”