“Mutolaa-muvaffaqiyat kaliti” nomli davra suhbati
“Mutolaa-muvaffaqiyat kaliti” nomli davra suhbati
Joriy yilning 15-sentabr sanasida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Zafarobod tuman bo‘linmasi hamda axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kamalak kitobxonlar klubi a'zolari o‘rtasida “Mutolaa-muvaffaqiyat kaliti” nomli davra suhbati o'tkazildi. Tadbir davomida nima uchun kitob o‘qish kerak hamda mutolaaning 7 ta foydasi haqida qiziqarli suhbat o‘tkazildi. Davra suhbatida 9 nafar kitobxon qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.