Milliy madhiya - davlat g'ururi
Milliy madhiya - davlat g'ururi
Joriy yilning 9-sentyabr kuni Zafarobod TAKM da «Milliy madhiya - davlat g'ururi» mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida Davlat madhiyasi - xalqimizning milliy g'ururi, Vatanga sadoqati va ozodlik timsoli ekani ta'kidlandi. Shuningdek milliy ramzlarimizga hurmat bilan munosabatda bo'lish, ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglash har bir fuqaroning burchi ekanligi aytib o'tildi. Suhbat davomida axborot-bibliografiya xizmat rahbari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo'lini qat'iy davom ettiramiz" kitobiga bibliografik sharh berdi.