"Milliy libos -millat ko'rki" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir
"Milliy libos -millat ko'rki" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir
Joriy yilning 24-sentabr kuni Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazida kitobxon ayollar o'rtasida "Milliy libos -millat ko'rki" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida milliy liboslarimizning tarixi, o'ziga xosligi, ularning xalqimizning urf-odat va an'analarini aks ettirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Tadbirda 15 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.