Mashhur yozuvchilarning so‘nggi so‘zlari
Mashhur yozuvchilarning so‘nggi so‘zlari
Dunyo adabiyotida salmoqli iz qoldirgan yozuvchilarning asarlari biz uchun hamisha maroqlidir. Bu xabarda esa ularning o‘limidan avvalgi so‘nggi so‘zlari o‘rin olgan.
- Anton Chexov: “Ko‘p vaqtdan buyon shampan ichmagandim.”
- Emiliy Dikkinson: “Ichkari kirish kerak, tashqariga tuman tushmoqda.”
- Jeyn Ostin: “Hozir men istayotgan yolg‘iz narsa – o‘lmoq. O‘lmoqdan boshqa bir vajni istamayapman.”
- Gyote: “Nur! Yana va yana nur!”
- Frans Kafka: “Azizim, Maks, so‘nggi istagim, mendan qoladigan barcha narsalarni; kundaliklarim, qo‘lyozmalarim, men bitgan va menga kelgan barcha maktublarni, qoralamayu chizmalarimning bari-barini yoqib yubor.”
- Ketrin Mensfild: “Sezyapmanki, ajalim yaqin. Yomg‘irni sevaman. Yomg‘ir tomchilarining yuzimga urilishini esa undan ham ko‘p...”
- Mark Tven: “Qiyomat qadar sog‘ bo‘ling. Nasib, ko‘risharmiz...”
- Nikolay Gogol: “Narvon, darhol bir narvon keltiring.”
- O.Genri: “Fonuslarni yoqing. Uyga qorong‘ulikda ketishni istamayman.”
- Viktor Gyugo: “Qora bir nurni ilg‘ayapman.”