“Library Quiz” nomli intellektual jamoaviy bellashuv
“Library Quiz” nomli intellektual jamoaviy bellashuv
2026-yil 31-iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida o‘tkazilayotgan “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumining uchinchi kuni qizg‘in va mazmunli tadbirlar bilan davom etdi.
Forum dasturi doirasida soha mutaxassislari uchun “Library Quiz” nomli intellektual jamoaviy bellashuv tashkil etildi. Unda ishtirokchilar kutubxonachilik, axborot-resurs faoliyati, adabiyot, zamonaviy texnologiyalar hamda umumiy bilimlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Bellashuv davomida jamoalar tezkor fikrlash, mantiqiy yondashuv, hamjihatlik va bilim salohiyatini namoyon etib, qiziqarli va murosasiz bahslarda ishtirok etdilar. Mazkur intellektual musobaqa yosh kutubxonachilar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish hamda do‘stona muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.