Konstitutsiya — farovon hayotimizning mustahkam kafolati!
#Zafarobod_AKM
#Konstitutsiya_33_yil
Konstitutsiya — farovon hayotimizning mustahkam kafolati!
2025-yilning 6-dekabrida Zafarobod tumani Madaniyat markazida Zafarobod TAKM hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tuman faollari, nuroniylar, ziyolilar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda yoshlar ishtirokida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Dastur davomida Konstitutsiyamizni ulug‘lovchi kuy va qo‘shiqlar, milliy raqslar namoyish etildi. Ushbu sahna chiqishlari tadbirga alohida ko‘tarinkilik bag‘ishlab, ishtirokchilarga bayramona ruhiyat ulashdi. Tadbirda 60 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi va 50 dona kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.