Ko‘p odamlar boshqalarning fikridan qo‘rqadi!
Ko‘p odamlar boshqalarning fikridan qo‘rqadi!
Yangi ish boshlamoqchi bo‘lsak, kimdir “sen uddalay olmaysan” deydi. Yangi g‘oya aytsak, “bu ishlamaydi” deyishadi. Shunda biz ichimizdagi orzularni sandiqqa solib qo‘yamiz.
Lekin tarixga qarang. Eng buyuk ixtirolar, eng buyuk asarlar avval boshida kulgi bilan qarshi olingan. Tolstoyni hamma birday tushunganmi? Steve Jobsning iPhone g‘oyasiga ham avval shubha bilan qarashgan.
Haqiqat shuki: agar sizning g‘oyangizni hamma birday tushunayotgan bo‘lsa, demak u juda oddiy. Agar ularni biroz qo‘rqitayotgan bo‘lsa – demak, u yangilik.
O‘zingizning g‘oyangizni, orzularingizni boshqalarning kulgisidan asrang. Chunki o‘sha kulgi ertaga sizga alkish bo‘lib qaytadi.