Kitobxonlarning kulgili va g‘alati odatlari
Kitobxonlarning kulgili va g‘alati odatlari
Kitob o‘qish ba’zida shunchaki o‘qish emas – bu kichik “sahna ko‘rinishi”ga aylanadi
1.O‘zi bilan gaplashadigan kitobxon — Kitobni o‘qib: “yo‘q, bunaqasi bo‘lishi mumkin emas!” deb o‘ziga izoh beradi
2.Oynaga qarab hikoya aytadigan kitobxon — Oynaga qarab butun kitob syujetini xuddi prezentatsiya qilgandek gapirib beradi
3.Yurib ham kitob bilan “suhbat” qiladigan kitobxon — Ko‘chada ham, ishda ham miyasida kitob voqealari aylanadi
4.Uy hayvonlariga kitob o‘qib beradigan kitobxon — Mushuk yoki itiga qarab voqealarni tushuntirib beradi
5.Oxirgi bet kasali bor kitobxon: Kitobning oxirini avval ochib ko‘radiganlar… keyin baribir boshidan o‘qiydi
Aslida bu g‘alati emas – bu kitobni yashab o‘qish!
Sizda qaysi biri bor yoki yana qanday g‘alati odat qo‘shasiz?