"Kitobxon onalar kuni" mavzusida davra suhbati
#Kitobsevar_millat
#Kitobxonlik_haftaligi
#Kitobxon_onalar_kuni
#Zafarobod_tuman_AKM
"Kitobxon onalar kuni" mavzusida davra suhbati
2026-yil 13-17-aprel kunlari Kitobsevar millat shiori ostida o’tkaziladigan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari doirasida “Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi” ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan 16-aprelda Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan XTBga qarashli 11-umumta'lim maktabida o'qituvchi ayollar o'rtasida "Kitobxon onalar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida axborot bibliografi tomonidan Deyl Karnegining "Muvaffaqiyatli odamlarning hayotiy qoidalari" asari haqida bibliografik sharh berildi. Tadbirda 20 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.