Kitobga o‘ch bo‘lgan insonning 5 ta belgisi:
Kitobga o‘ch bo‘lgan insonning 5 ta belgisi:
Ajoyib kitob o‘qiyotgan paytingizda ovqatlanishni unutib yuborasiz.
O‘qiyotgan kitobingizdagi joylarga borishni orzu qilasiz, hatto, xaritadan qidirib ko‘rgansiz.
Har doim kitob filmga qaraganda yaxshiroq deb o‘ylaysiz. Filmi chiqsa “Kitobi baribir yaxshiroq edi!”, – deysiz.
Yomg‘irli kunlarni yaxshi ko‘rasiz, chunki uyda qolib o‘qish imkoniyati bo‘ladi.
Orzuingizdagi uyingizni tasavvur qilganingizda, albatta, u shiftgacha javonli kutubxonaga ega bo‘ladi, hatto narvonchasi ham bor.
Bu ro’yxatni siz qanday davom ettirgan bo’lardingiz?