Kitobdagi jim personajlar – ular aslida jim emas!
Kitobdagi jim personajlar – ular aslida jim emas!
Biz kitob o‘qiganda ko‘proq bosh qahramonlarga e’tibor beramiz. Lekin e’tibor berganmisiz, ba’zi “mayda” qahramonlar bor – ular kitobda atigi bir-ikki marta ko‘rinadi. Gapirmaydi, hatto voqeaga katta aralashmaydi ham. Lekin ular jim turib ham asarni boshqacha qiyofaga keltiradi.
Masalan:
Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asarida oddiy politsiya xizmatchisi bir-ikki marta ko‘rinadi, lekin aynan uning beparvo so‘zlari Raskolnikovning ichki iztiroblarini yanada kuchaytiradi.
O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”da mahalladagi bekam-u ko‘st ko‘rinadigan qo‘shnilar bor, ular markaziy voqeaga aralashmasa-da, kitobni hayotiy va jonli qilib qo‘yadi.
Jim personajlarning siri shunda: ular sahnada bir zum paydo bo‘lsa ham, kitobga hayotiylik qo‘shadi. Chunki real hayotda ham bizni faqat yaqin odamlar emas, balki tasodifiy uchragan insonlar ham o‘zgartiradi.
Siz o‘qigan kitoblarda qaysi jim, mayda obraz sizning xotirangizda kuchliroq qoldi?