Kitob – uyg‘otuvchi oynadir
Kitob – uyg‘otuvchi oynadir
O‘zining kim ekanligini anglab yetmaydigan, bugunning huzur-halovati bilan yashab, ertasi haqida qayg‘urmaydiganlar haqida qalblari bor, lekin anglamaydilar, ko‘zlari bor – ko‘rmaydilar, quloqlari bor – eshitmaydilar deyiladi. Bunday insonlar g‘aflat uyqusidadirlar, deb ataladi.
Bugun ko‘p odamlar yashayapti, lekin o‘ylamayapti. Ko‘ryapti, lekin anglamayapti. Eshitayapti, lekin tushunmayapti.
Kitob o‘qish – shunchaki vaqt o‘tkazish emas. Kitob – odamni o‘ziga qaytaradi. Kimligini, nima uchun yashayotganini, qayerga ketayotganini eslatadi. Kitob o‘qimagan inson bugunning huzur-halovatiga aldanib, ertaning javobgarligidan qochadi. O‘qigan odam esa bugunni emas, kelajakni tanlaydi.