Kitob o‘qiydiganlarning turlari:
Kitob o‘qiydiganlarning turlari:
- Asalari kitobxon – Qattiq intizomli kitobxon. Mutolaa vaqtini qatʼiy belgilab oladi. Oʻqiganlari yuzasidan tartibli va tushunarli xulosalar qayd etadi. Doimo keyingi oʻqiydigan kitobining nomini biladi.
- Pingvin kitobxon – Mavsumiy kitobxon boʻlib, asosan qish faslida mutolaani koʻpaytiradi. Oʻqish uchun unga alohida sharoit-muhit zarur: issiq ichimlik bilan koʻrpa-adyolga oʻranib, karavotida soatlab oʻqishi mumkin.
- Yalqov kitobxon – Kitobni bir oʻtirishda oʻqib tugatishi amri mahol. Bitta kitobga oylab vaqt sarflaydi va yana bir necha oy keyingi kitobni tanlaydi.
- Boyoʻgʻli kitobxon – Dono kitobxon boʻlib, kuchli tahlil qobiliyatiga ega va kitobni diqqat bilan oʻqiydi. Unda tanqidiy fikrlar har doim mavjud. Kitob tanlashda juda talabchan.
- Qurt kitobxon – Ochkoʻz kitobxon boʻlib, qoʻliga tushgan kitobki, oʻqiyveradi. Kitob sotib olishdan sira toʻxtamaydi. Kitoblari bilan vaqt oʻtkazish uchun dunyodagi hamma narsadan voz kecha oladi.