Kitob o’qisam uxlab qolaman
Kitob o’qisam uxlab qolaman
- Nima kitob o‘qishini bilmaydiganlar bor.
- Kitob o‘qib uxlab qoladiganlar bor.
- O‘qiganini eslab qolmaydiganlar bor.
- Eslab qolganini qo‘llay olmayotganlar bor.
To’rtta har xil muammoga o’xshaydi.
Aslida muammo bitta – o‘quvchi kitob ichiga kirib keta olmayapti.
Kitob o‘qish uchungina, kitob o‘qilmaydi. Qiziqishni qondirish uchun kitob o‘qiladi. Muammoni yechish uchun kitob o‘qiladi.
Muammoingiz bo‘lsa – o‘sha mavzudagi eng zo‘r kitoblarni topib o‘qing. Qiziqish paydo bo‘ladi.
Qiziqqan mavzularingizda o‘qishni boshlang – muammolaringiz sezila boshlaydi.