Kitob – miyangiz uchun sport zali!
Kitob – miyangiz uchun sport zali!
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega kitobxon odamlar tezroq fikrlaydi, gapirganda ham chiroyli jumlalar quradi? Bu bejiz emas. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, kitob o‘qiyotgan paytda miyada millionlab neyronlar bir-biri bilan “mashq qiladi”. Xuddi qo‘lingizni sport zalida dumbbell bilan mashq qildirganingiz kabi kitob miyangizni mashq qildiradi.
Qiziqarli fakt: AQShdagi tadqiqotda atigi 6 hafta davomida muntazam o‘qigan odamlarning stressi 68% ga kamaygani aniqlangan. Tasavvur qiling – bu natija meditatsiya yoki musiqa tinglashdan ham kuchliroq boʻlgan!
Endi tasavvur qiling, siz qo‘lingizga kitob oldingiz va bir necha bet o‘qidingiz. Aslida siz faqat voqeani kuzatayotgandek tuyulasiz, ammo miyangizda xotira kuchaymoqda, nutq boyimoqda tasavvur qanot yozmoqda. Har bir sahifa–miyangiz uchun yana bir push-up, har bir bob–sizni kuchliroq qiladigan marafondir.