Kitob – eskirmaydigan boylik
Kitob – eskirmaydigan boylik
“Sotib olayotganimiz kiyimlar, sumkalar, taqinchoqlar vaqt o‘tib eskiradi va oxir-oqibat ulardan voz kechamiz.
Ammo, kitoblar! Ularning qiymati vaqt o‘tgan sayin oshadi, varoqlagan sayin qalbga yaqin, ko‘rgan sayin ko‘zga zavq beradi”.
Bugun biz ko‘p narsalarni vaqtinchalik quvonch uchun olamiz. Ular bir muddatdan keyin ahamiyatini yo‘qotadi. Kitob esa boshqacha. U eskirmaydi, balki har qayta ochilganda yangi ma’no beradi.
Kitoblar – bu jim ustoz. Ular shovqinsiz o‘rgatadi, sezilmasdan o‘zgartiradi. Hayotda ko‘p narsadan ayrilish mumkin, ammo o‘qilgan kitob qalbda qoladi.
Savol: Sizni eng ko‘p o‘zgartirgan kitob qaysi?