"Kitob bilan do‘stlashamiz" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi
"Kitob bilan do‘stlashamiz" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-sentabr kuni ochiq osmon ostida o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar ishtirokida "Kitob bilan do‘stlashamiz" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazmadan ko'zlangan asosiy maqsad yosh avlodning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat bo'ldi. Ko'rgazmada eng sara adabiyotlar namoyish etildi. Ko‘rgazmaga 35 dona adabiyotlar namoyish etildi hamda 15 nafar kitobxon qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.