Ketmas boylik
#Kitoblar
#Zafarobod_tuman_AKM
Ketmas boylik
Menda bir so’m bor. Sizda ham bir so’m bor...
Men sizga o’zimning pulimni berdim.
Siz ham menga o’zingizning pulingizni berdingiz…
Hech nima o’zgarmadi. Sizda ham bir so’m pul qoldi, menda ham...
... Menda yangi bir fikr bor. Sizda ham yangi fikr bor...
Men sizga yangi fikrimni aytdim. Siz ham menga yangi fikringizni aytdingiz…
Sizda ham ikkita fikr paydo bo’ldi, menda ham…
Esli odam pul almashmaydi. Fikr almashadi.
Farishtalar
Xonadoningizda keksa odam bormi? Baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to’yib ketsangiz shularni ziyorat qiling: hayot abadiy emasligini o’ylab, taskin topasiz. Xonadoningizda go’dak bormi? Siz ham baxtli ekansiz... dunyo tashvishlaridan to’yib ketsangiz, go’dakni bag’ringizga bosing: hayot abadiy ekanini o’ylab, taskin topasiz...
"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"