"Kamalak -bilimlar olamida" shiori ostida kitobxonlar bellashuvi
"Kamalak -bilimlar olamida" shiori ostida kitobxonlar bellashuvi
Joriy yilning 22-sentabr sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda "Kamalak kitobxonlar klubi a'zolari" bilan hamkorlikda Zafarobod tuman 17-sonli umumta'lim maktabida "Kamalak -bilimlar olamida" shiori ostida kitobxonlar bellashuvi tashkil qilindi. Bellashuv davomida ishtirokchilarning badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishi, kitob mutolaasi va turli savol-javoblar qiziqarli shartlar orqali sinovdan o'tkazildi. Tadbirda 18 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.