Jizzax viloyatida "Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan "Do‘stlik" festivali bo‘lib o‘tdi
Jizzax viloyatida "Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan "Do‘stlik" festivali bo‘lib o‘tdi
30-iyul — "Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan Jizzax viloyatida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga qaratilgan "Do‘stlik" festivali yuqori saviyada tashkil etildi.
Tantanali tadbirda Jizzax viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Sahobiddin Boliyev ishtirok etib, yurtimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlar haqida so'z yuritdi. Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi ham kitoblar ko'rgazmasi bilan faol qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati