📚 Jadidchilik ziyolilari: Cho'lpon va Avloniy
XX asr o'zbek adabiyotining yorqin namoyandalari Abdulhamid Cho'lpon hamda Abdulla Avloniy millat uyg'onishi uchun qalam tebratdilar. Cho'lpon o'zining "Kecha va kunduz" romani orqali davr muammolarini ochib bergan bo'lsa, Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq" asarida ta'lim-tarbiya masalalarini milliy yuksalishning poydevori deb bildi.
Ularning ijodi bugungi kun yoshlari uchun ham o'zligini anglash va komil inson bo'lib yetishishda beqiyos ma'naviy manba bo'lib qoladi.
#Kutubxona #Kitob #Mutolaa #Kitobxonlik #Zafarobod_tuman_AKM
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.