“Iqtidor, imkoniyat va muvaffaqiyat”
“Iqtidor, imkoniyat va muvaffaqiyat”
Joriy yilning 21-may sanasida Zafarobod tumani “Kelajak markazi”da tuman hokimligi,yoshlar ishlari agentligi, axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Iqtidor, imkoniyat va muvaffaqiyat” nomli yoshlarning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni kelajak kasbiga yoʻnaltirish hamda zamonaviy mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kasb yarmarkasi” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida turli yoʻnalishdagi kasblar haqida batafsil maʼlumotlar berildi, oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.Tadbir bayramona tarzda o‘tkazildi.Tadbirda 120 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.