“Ibratli oila” — jamiyatga namuna bo‘layotgan oilalarga yuksak e’tibor
“Ibratli oila” — jamiyatga namuna bo‘layotgan oilalarga yuksak e’tibor
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Zafarobod tumanida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Zafarobod tumani hokimi o‘rinbosari Jamshid Suyarov tomonidan tumandagi bir qator namunali oilalarga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni hamda guvohnomalari va estalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, taqdirlangan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti berilib, ularga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi. Tadbirda 110 nafar ishtirokchilar qatnashdi hamda axborot-kutubxona markazi tomonidan 20 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.