Forum g‘oliblari taqdirlandi
Forum g‘oliblari taqdirlandi
2026-yil 31-iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida o‘tkazilgan “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi doirasida tashkil etilgan Rahbar va yoshlar uchrashuvidan soʻng sport musobaqalari hamda “Library Quiz” intellektual jamoaviy bellashuvi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Rahbar va yoshlar uchrashuvidan soʻng shaxmat, shashka, stol tennisi, futbol va voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqalari, shuningdek, “Library Quiz” intellektual bellashuvida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimi forumning eng esda qolarli daqiqalaridan biriga aylandi. G‘oliblarning muvaffaqiyatlari e’tirof etilib, barcha ishtirokchilarning faolligi, jamoaviy hamkorligi va bilimga intilishi alohida e’tibor bilan qayd etildi.
Yosh kutubxonachilar forumi oʻz nihoyasiga yetdi ishtirok etgan barcha ishtirokchilariga omad tilaymiz!