Forum doirasida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Forum doirasida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 31-iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida o‘tkazilayotgan “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi doirasida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva bilan oʻtgan mazkur uchrashuv davomida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy kutubxonachilik va rahbarlik faoliyati haqida suhbat boʻlib oʻtdi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda forum ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.