“Eng yaxshi abonementlar sektori, ma’naviy-ma’rifiy hamda elektron o‘quv zali va elektron resurslardan foydalanish sektori” tanloviga start berildi!
Joriy yilning 17-fevral sanasidan boshlab
“Eng yaxshi abonementlar sektori, ma’naviy-ma’rifiy hamda elektron o‘quv zali va elektron resurslardan foydalanish sektori” tanloviga start berildi!
Tanlov shartlari:
- Ma’naviyat, kitobxonlik, vatanparvarlik hamda milliy qadriyatlar mavzusida o‘tkazilgan tadbirlar (tadbir ssenariysi, foto va video materiallar bilan taqdim etiladi).
- Foydalanuvchilarning qiziqish va so‘rovlarini o‘rganish.
- Kitobxonlar talabnomalarining tezkor bajarilishini ta’minlash.
- Foydalanuvchilarga yuqori darajada axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish.
Tanlov natijalari joriy yilning 15-dekabr sanasida umumlashtiriladi.
Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
Tashkilotchi: Viloyat axborot-kutubxona markazi
Ishtirokchilar: Tuman axborot-kutubxona markazlarining tegishli bo‘limlari
Barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!