Ekskursiya 17.09.2026
Ekskursiya 17.09.2026
Joriy yilning 17-sentabr kuni Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazidа Ixtisoslashtirilgan maktabdan tashrif buyurgan kitobxonlar ishtirokida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar kutubxonaning asosiy o'quv zali, elektron o'quv zali hamda axborot - bibliografiya zali va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiya davomida kutubxona fondi zamonaviy va yangi adabiyotlar bilan boyitilganligi hamda tuman yozuvchilari va kutubxona yangiliklari haqida ma'lumot berildi. Mazkur ekskursiya kitobxonlarda axborot-kutubxona xizmatlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.